Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Sud qaroridan keyin qo‘shimcha sharh va izohlar berish vakolati mavjud emas.

error

2025-11-08

RASMIY MUNOSABAT

Gurlan tumanida yashovchi Fuqaro F.Saparbayevning ishdan bo‘shatilishi, bandlik organlariga murojaatlari va sud qaroriga doir bildirilgan e’tirozlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

F.Saparbayev O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Gurlan tuman bo‘limida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olish xodimi lavozimida ishlagan bo‘lib, mazkur shtat 2024-yil 5-iyundan qisqartirilgan. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son farmoni hamda tegishli normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshirilgan.

Ishdan bo‘shatilgandan so‘ng fuqaro 06.06.2024-yilda bandlik organlarida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. Mazkur davrda unga tumandagi bir qator bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilingan bo‘lsada, fuqaro tomonidan ushbu takliflar asosli sabab ko‘rsatmagan holda bir necha bor rad etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning:

  • 45-moddasiga ko‘ra, ish qidiruvchining o‘n kun ichida taklif etilgan maqbul ishni uzrsiz ravishda ikki va undan ortiq rad etishi — uni ishsiz sifatida e’tirof etmaslik uchun asos bo‘ladi;

  • 30-moddasiga ko‘ra, bunday shaxslar hisobdan chiqariladi.

Shunga ko‘ra, fuqaro F.Saparbayevga 2025-yil 17-fevral kuni uni ishsiz sifatida e’tirof etish rad etilganligi to‘g‘risida QR-kodli xabarnoma yuborilgan (

Fuqaroning noroziligi asosida ko‘rib chiqilgan ma’muriy ish yuzasidan Urganch tumanlararo ma’muriy sudi 2025-yil 22-yanvar kuni hal qiluv qarori chiqargan. Mazkur qarorda bandlik bo‘limi xatti-harakatlarining ayrim jihatlari qonunga xilof deb topilgan hamda murojaatni qayta ko‘rib chiqish majburiyati yuklatilgan (

Sud qarorining ijrosi sifatida 14.02.2025-yilda fuqaro yana bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirilgan, biroq ularni yana rad etgan (

Shu bilan birga, “Fuqaro­larning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga ko‘ra muddatidan oldin pensiyaga chiqish huquqi faqat ishdan qisqartirilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga beriladi. F.Saparbayev ishsiz sifatida e’tirof etilmaganligi sababli mazkur asos bo‘yicha pensiya tayinlash shartlari mavjud emas (

Shuningdek, Bandlik vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra, sud qaroridan keyin qo‘shimcha sharh va izohlar berish vakolati mavjud emas.