Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-10
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” boshlandi
✅Joriy yilning 10-noyabridan 10-dekabriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” e’lon qilingan bo‘lib, mazkur oylik doirasidagi ilk targ'ibot bugundan Urganch shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo‘limi xodimlari o'rtasida o'tkazildi.




👔Uchrashuvda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida so'z bordi. Shuningdek, qonunchilik talablariga va ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya etish madaniyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Ushbu tashabbus xodimlarda halollik, poklik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
🗓Oylik tadbirlar reja-grafigi tuzilgan bo'lib, ushbu tashabbus doirasida viloyatimizning barcha tuman-shahar bandlikka ko'maklashish bo‘limlarida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, suhbatlar va o‘quv seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati