Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Katta o‘zgarishlar kichik qadamlardan boshlanadi

error

2025-11-11

Katta o‘zgarishlar kichik qadamlardan boshlanadi

 💪Mehnat, mas’uliyat va ishonch — ana shu qadamlarga kuch bag‘ishlaydi.

 📍Urganch shahrining “Beshmergan” mahallasida so‘nggi yillarda ana shunday hayotiy misollar tobora ko‘paymoqda. Avvallari ishsizlikdan qiynalgan bir necha oila bugun davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, ajratilgan kredit va subsidiyalar, eng muhimi — o‘z mehnati bilan mustaqil tadbirkorga aylangan.

 Masalan, lavhamiz qahramonlari

Dilorom Boboddinova avval ijtimoiy reyestrda turgandi, hokim yordamchisining tavsiyasi bilan imtiyozli kredit evaziga o‘z xonadonida ingliz, rus tili hamda matematika fanlari bo‘yicha o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘ydi.

Guloro Davlatova tikuvchilikni rivojlantirib, uy sharoitida kichik ishlab chiqarish tashkil etdi.

Davlatnazar Sultonov esa avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni boshladi.

 

💬Har birining ortida mehnat, sabr va yangicha fikrlash mujassam. “Beshmergan” bugun o‘zgarishlar mahallasiga, kichik tashabbuslardan katta natijalar sari eltuvchi yo‘lga aylangan.