Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

📄Qog‘ozdagi qarz — endi ishchilarning cho‘ntagida

error

2025-11-12

📄Qog‘ozdagi qarz — endi ishchilarning cho‘ntagida

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasiga Bog‘ot tumani “Navbahor” mahallasida yashovchi fuqarolar I.Allaberganov va Q.Qosimovlarning “Bog‘otmaxsussuvpudrat” MChJ dan ish haqlarini undirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatlari kelib tushdi.

 🔍Murojaatga asosan, inspeksiya xodimlari tomonidan o‘rganish o‘tkazildi va haqiqatdan ham “Bog‘otmaxsussuvpudrat” MCHJ ning Q.Qosimovdan 12.123.231 so‘m va I.Allaberganovdan 7.454.669 so‘m ish haqi qarzdorligi mavjudligi aniqlandi.

 Ushbu qarzdorlikni undirish maqsadida, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.  Sud qarori bilan da’vo qanoatlantirilib, ishchilar haqlari to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.

 📌Davlat mehnat inspeksiyasi har bir ishchining mehnat huquqini himoya qiladi!

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati