Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-01
📍Xonqa tumanida mehnat huquqlari poymol etilgan uch nafar fuqaroning ish haqlari sud tartibida undirib berildi. Mazkur fuqarolar — D. Avazmetov, Q. Hudayberganov va I. Jabbarov — Xonqa sanatoriyasi tipidagi maktab-internatida faoliyat yuritib kelgan.

📄Ish beruvchi tashabbusi bilan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinganiga qaramay, Mehnat kodeksining 100-moddasi bilan kafolatlangan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar oʻz vaqtida berilmagan. Bu esa xodimlarning konstitutsiyaviy mehnat huquqlarining buzilishiga olib kelgan.
✅Mazkur holat boʻyicha Mehnat inspeksiyasi tomonidan xodimlar manfaatini himoya qilish maqsadida Urganch tumanlararo fuqarolik sudiga davo arizasi kiritildi. Sud koʻrib chiqishlari natijasida xodimlarga tegishli ish haqlarini undirib berish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilindi.



Sud qaroriga koʻra:
🔍D. Avazmetovga — 27 mln 313 ming soʻm,
🔍Q. Hudayberganovga — 27 mln 613 ming soʻm,
🔍I. Jabbarovga — 10 mln 359 ming soʻm
miqdoridagi pul mablagʻlari ish beruvchi tomonidan toʻlab berilishi belgilandi.



✔️Bu qaror nafaqat uch nafar fuqaroning buzilgan mehnat huquqlarini tikladi, balki mehnat munosabatlarida qonunchilikka qatʼiy rioya etilishi zarurligini yana bir bor koʻrsatdi.
Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati