Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

KORRUPSIYA - JAMIYATNI YEMIRUVCHI ILLAT

error

2025-12-05

KORRUPSIYA - JAMIYATNI YEMIRUVCHI ILLAT

 🛡“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Bog'ot va Gurlan tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limlari xodimlari ishtirokida navbatdagi targ'ibot seminari  bo'lib o'tdi.


 Unda boshqarmaning Komplayens nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi Z.Xodjayev xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, xususan, manfaatlar to‘qnashuvining turlari va shakllari, ularning moliyaviy, huquqiy va obro‘ga ta’sir qiluvchi xavflari haqida batafsil ma'lumot berib, uning salbiy oqibatlarini misollar orqali yoritib o'tdi. Bunday holatlarni aniqlash, baholash va oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

 🤝Seminar ishtirokchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunchilikka sodiqlik va shaxsiy mas’uliyatni to‘la anglash borasidagi tushunchalar yanada mustahkamlandi.

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati