Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-10
🎉 MUBORAKBOD ETAMIZ!
Bu yil to‘rtinchi bor o‘tkazilgan “Eng yaxshi ish beruvchi” Respublika tanlovida 🏆Xiva shahridagi “Xiva Mehribon Tekstil” MChJ 30 dan ortiq korxonalar orasida faxrli 2-o‘rinni egalladi!

👩💼Korxona rahbari Mehribon Matkarimovaga sertifikat hamda esdalik sovg‘alari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva tomonidan topshirildi.
💼“Xiva Mehribon Tekstil” tomonidan 41 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar ish bilan ta’minlangani, ularning oilalariga barqaror daromad kirib kelayotgani ham ushbu korxonaning ijtimoiy mas’uliyat borasidagi namunali faoliyatidan dalolat beradi.
🎉Bandlik boshqarmasi jamoasi nomidan Mehribon Matkarimovani chin qalbdan tabriklaymiz!
📍Hududimizda munosib ish o‘rinlari yaratish, har bir insonning mehnatiga qadriyat bilan yondashish — eng katta yutuqdir.
👏Muvaffaqiyatlaringiz bardavom bo‘lsin!
#EngYaxshiIshBeruvchi #Xorazm #Xiva #Bandlik #NogironligiBorFuqarolar
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati