Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

mehnatga layoqatsizlik varaqasi 60% to‘langanligi ustidan e’tiroz

error

2025-12-23

RASMİY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hazorasp Toza Hudud” DMda dispecher bo‘lib ishlayotgan Yakubov H. kasallik varaqasi 60% to‘langanligi ustidan e’tiroz bildirgani aks etgan xabar tarqaldi.

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Yakubov H.ning mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan davrda oylik maoshlari Xorazm viloyati Toza Hudud unitar korxonasi tomonidan tegishli tartibda to‘lab berilmaganligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Haqiqatdan ham Yakubov H. 2025 -yil 25 -oktabr – 21-noyabr kunlari haqiqatda 24 kunlik kasallik varaqasiga chiqqan bo‘lib, boshqarma tomonidan dastlab 60% miqdorda kasallik varaqasi to‘lab berilgan.

Mehnat inspeksiyasi boshqarmaga xodimning 4 ta voyaga yetmagan farzandlari mavjudligini hisobga olmaganligini ko‘rsatdi. Fuqaro esa bu ma’lumotnomalarni boshqarmaga kech taqdim qilganini bildirdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 314-moddasi 22 va 23-bandi asosida, 3 va 4 voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan, yagona reyestrga kiritilgan oilalar uchun ish haqi 100% miqdorda to‘lanishi belgilangan.

Shunga muvofiq, hozirgi kunda kasallik varaqasi 100% miqdorda qayta hisob-kitob qilinib, xodimga yana 781 561 so‘m to‘lab berilishi ta’minlandi.

Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi matbuot xizmati