Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-09
✅Xorazm viloyati Kambag‘allikni
qisqartirish va bandlik boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish va unga
qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar
bo‘lib o‘tdi.

🟢Seminar davomida PF–270-son Farmonining mazmun-mohiyati, uning davlat organlari faoliyatiga tatbiqi hamda korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha aniq vazifalar muhokama qilindi.
➡️ Xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirildi;
➡️ har bir mansabdor shaxsning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligi kuchaytirildi;
➡️ xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tushunchalar mustahkamlandi;
➡️ ochiqlik va shaffoflikka asoslangan halol boshqaruv tamoyillari keng tushuntirildi;
➡️ raqamli xizmatlar orqali inson
omilini qisqartirishning amaliy ahamiyati ochib berildi.



💡 Seminar xodimlarda korrupsiyaga qarshi kurashni faqat nazorat chorasi emas, balki kundalik xizmat madaniyati va kasbiy majburiyatning ajralmas qismi sifatida anglashni shakllantirdi.
📣Halollik — tizimdan boshlanadi.
Shaffoflik — ishonchni mustahkamlaydi.
Mas’uliyat — taraqqiyotga olib boradi.
#KorrupsiyagaQarshiKurash#PF270