Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Maria Yaqubova hamda Baxtiyor Yusupov xonadoniga subsidiya asosida 5 kVt quvvatga ega quyosh paneli o‘rnatib berildi.

error

2026-01-26

Qizil toifadagi, og‘ir, "Kambag‘al oila reyestri"da bo‘lgan Xiva tumani Juryon mahallasida yashovchi Maria Yaqubova hamda Baxtiyor Yusupov xonadoniga davlat subsidiyasi asosida Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 5 kVt quvvatga ega quyosh paneli o‘rnatib berildi.
Bu — shunchaki texnik qurilma emas. Bu — bir xonadon uchun umid, bir oila uchun ertangi kunga ishonch demakdir. Avvallari oyiga elektr energiyasi uchun katta mablag‘ sarflab kelgan oila endilikda quyoshdan kelayotgan bepul va toza energiya hisobiga o‘z ehtiyojini to‘liq qoplaydi. Eng muhimi, o'zidan ortgan elektr energiyasini davlatga sotish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.


Bu esa bir tomondan — oilaviy xarajatlarni kamaytirsa, ikkinchi tomondan — qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Bu tashabbus og‘ir sharoitda yashayotgan oilalar uchun faqat yengillik emas, balki barqaror daromad manbai, mustaqil hayot sari qo‘yilgan muhim qadamdir. Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday manzilli yordam kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan siyosatning amaliy ifodasi, inson qadrini yuksaltirish yo‘lidagi aniq natijadir.