Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-02
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Hazorasp tumani “Toza hudud”da xodimlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimida ishlab kelayotgan fuqaro Nazorova Dilfuzaning murojaati tarqaldi.
Mazkur murojaat Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.
Murojaatda keltirilgan holatlar, xususan:
— lavozim yo‘riqnomasida nazarda tutilmagan vazifalarni majburan yuklash;
— rahbar tomonidan doimiy psixologik bosim o‘tkazilishi;
— xizmat tekshiruvi jarayonida xodim faoliyatiga daxldor bo‘lmagan holatlar uchun javobgarlik yuklash;
— tushuntirish xati orqali qonunchilikka zid ravishda intizomiy chora qo‘llash yoki ishidan ozod etishga urinish holatlari
yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganildi, mas’ul shaxslarning tushuntirishlari olindi hamda amaldagi mehnat qonunchiligi normalari asosida huquqiy baho berildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, murojaatda qayd etilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Hozirgi kunda fuqaro Nazorova Dilfuza bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amalda bo‘lib, u avvalgi ish joyida, egallab turgan lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.
Mazkur masala yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish uchun huquqiy asoslar aniqlanmadi.