Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-11
RASMIY MUNOSABAT
Beruniy tumanidan kelib tushgan murojaat Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan shaxslarning tegishli obyektda ishlaganligi yuzasidan ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomalari tuzilmagani hamda ishga qabul qilish bo‘yicha buyruqlar rasmiylashtirilmagani aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 72-moddasiga muvofiq, “har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart”.
Shuningdek, aniqlanishicha, “AERODYNAMICS” mas’uliyati cheklangan jamiyati Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qora-Qamish 1/2 mavzesi, 20a-uy, 20-xonada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, hozirgi kunda mazkur jamiyat faoliyati to‘xtatilgan.
Mazkur holat yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tegishli tartibda choralar ko‘rilishi hamda murojaatchilarga o‘z huquqlarini sud tartibida himoya qilishlari mumkinligi tushuntiriladi.