Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Tizim ichidan chiqqan ovozlar

error

2026-02-11

Tizim ichidan chiqqan ovozlar

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar Zoom platformasi orqali ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — tizimda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni bevosita muhokama qilish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida yoshlarning bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, xizmatlar sifatini oshirish, joylardagi tashkiliy masalalar hamda ish jarayonida uchrayotgan muammolar yuzasidan savollari tinglandi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tadbir ochiq, samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Savol-javoblar jarayonida yoshlar o‘z fikrlarini erkin bildirib, takliflar ilgari surdilar. Muloqot shakli masalalarga yuzma-yuz va ochiq yondashuvni ta’minladi.

Uchrashuv yakunida Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sh. Saparboyev o‘z fikrini bildirib shunday dedi:

“Bugungi uchrashuv biz uchun oddiy tadbir emas, balki ovozimiz eshitilgan maydon bo‘ldi. O‘z muammolarimizni ochiq aytish va bevosita javob olish imkoniyati yaratilgani bizni ruhlantirdi. Bunday ochiq muloqotlar tizimda ishlayotgan yoshlarning tashabbuskorligini oshiradi va ish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.”

Mazkur ochiq muloqot yoshlar bilan ishlashda ochiqlik, o‘zaro ishonch va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.