Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-23
#TAYINLOV
Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan Abdurahim Ilhomov yangi mas’uliyatli vazifaga tayinlandi.
U endilikda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi Qayta sug‘urtalash va xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib boradi.
✅Abdurahim Ilhomov o‘zining mas’uliyatli yondashuvi, tashabbuskorligi va tizimli boshqaruv tajribasi bilan jamoa orasida alohida hurmat qozongan. Xorazm viloyatida kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilgan qator amaliy ishlar uning bevosita ishtiroki va sa’y-harakatlari bilan chambarchas bog‘liq.
Yangi lavozimda ham u o‘zining professional tajribasi, strategik fikrlashi va fidoyiligi bilan tizim rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildiramiz.
🎉Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi jamoasi Abdurahim Ilhomovga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va mas’uliyatli vazifalarini sidqidildan ado etishda omad yor bo‘lishini tilaydi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati