Yangiliklar
Yangiliklar
2025-02-25
Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 💧“Xorazmsuvta’minoti” AJda mehnat qonunchiligiga bag‘ishlangan navbatdagi targ‘ibot-tushuntirish seminari o‘tkazildi.
➡️Tadbir davomida xodimlarga mehnat munosabatlarining eng muhim jihatlari atroflicha tushuntirildi. Xususan, mehnat shartnomasini tuzish, unga o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi, ish vaqti hamda dam olish vaqti, mehnat ta’tili, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar masalalari amaldagi qonunchilik asosida izohlandi.
➡️Alohida e’tibor mehnat huquqlarining kafolatlariga qaratildi. Davlat nazoratining ustuvor yo‘nalishlari, huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari, mehnat nizolarini qonuniy yo‘l bilan hal etish tartibi hamda murojaat qilish imkoniyatlari real misollar orqali tushuntirib berildi.
➡️Seminar ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
💬Bu kabi ochiq muloqotlar mehnat qonunchiligini amalda ta’minlash, xodimlar huquqlarini himoya qilish va ish beruvchilar mas’uliyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.