Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

🎙Efirda — mehnat huquqi!

error

2025-02-27

🎙Efirda — mehnat huquqi!
Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi Xorazm teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyihani boshladi.

📻 Endi FM 106.7 — Xorazm radiosi to‘lqinida har kuni mehnat huquqiga oid dolzarb savollarga qisqa, aniq va tushunarli javoblar berib boriladi.Bu shunchaki eshittirish emas.Bu — Mehnat kodeksini ochib berish, uni oddiy fuqaro tilida tushuntirish, qonunni qog‘ozdan hayotga olib chiqish tashabbusi.

Ishdan noqonuniy bo‘shatishdimi?Mehnat shartnomasi qanday tuziladi?Ish vaqti, ta’til, moddiy javobgarlik masalalari qanday tartibga solinadi?

🎧Har kuni efirda — xalqni qiynayotgan muammolar, hayotiy misollar, qonuniy yechimlar.

Maqsad bitta:

⚖️Mehnat munosabatlarida adolatni mustahkamlash.📖Huquqiy savodxonlikni oshirish.🤝Ish beruvchi va xodim o‘rtasida sog‘lom munosabatni shakllantirish.
Agar sizni mehnatga oid masalalar o‘ylantirayotgan bo‘lsa —radioni yoqing. Savolingizga javobni tinglang.

Agar Inspeksiyaga murojaatingiz bo'lsa  (62) 224-12-23 telefoni orqali bog'lanishingiz mumkin.

FM 106.7 — qonun sizga yanada yaqinroq.