Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

📍Yangibozor tumanida seminar: hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

error

2026-03-02

📍Yangibozor tumanida seminar: hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ullari ishtirokida o’tgan seminarning asosiy maqsadi — hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda hokim yordamchilari faoliyatida natijadorlikni oshirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olishdan iborat.

📌Tadbir davomida:

• 🏘hokim yordamchilarining mahallabay va xonadonbay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish;

• 🎓ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va ularni barqaror ish o‘rinlari bilan ta’minlash;

• 💼tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish;

• 📊 har bir murojaat va topshiriq ijrosini qat’iy nazorat qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📝Shuningdek, joylardagi mavjud muammolar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq mexanizmlar belgilandi. Hokim yordamchilari faoliyatida mas’uliyat, ijro intizomi va shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida qayd etildi.


✅Seminar yakunida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, har bir mahallada aniq natijaga erishish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimli yondashuvni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

🔎Yangibozor tumanida o‘tkazilgan mazkur seminar — hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi muhim amaliy qadamdir.