Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

📢MUROJAATNOMA📢

error

2026-03-05

📢MUROJAATNOMA📢

☀️🌱Hurmatli yurtdoshlar!

📊 Bugungi kunda tomorqa yer maydonlari va dehqon xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yerlar aholi daromadini oshirish, oilalar farovonligini ta’minlash hamda ichki bozorni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda muhim iqtisodiy tayanchga aylanmoqda. Ayniqsa, eksportbop va yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish orqali hududlarimizning salohiyati yanada oshmoqda.

💰“Bir mahalla – bir mahsulot” hamda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyillari asosida yer maydonlaridan maqsadli va tizimli foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Bu yondashuv har bir hududning ixtisoslashuvini belgilab, resurslardan samarali foydalanish, tannarxni kamaytirish va yuqori hosildorlikka erishish imkonini bermoqda. Natijada minglab oilalarning barqaror daromad manbai yaratilmoqda.

Yer – bu boylik, yer – bu baraka. Unga befarq qarash mumkin emas. Har qarich yer unum berishi, har bir ekin maydoni daromad keltirishi kerak. Undan oqilona, zamonaviy agrotexnik talablar asosida va samarali foydalanish har birimizning fuqarolik burchimizdir.Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va subsidiya mexanizmlari, imtiyozli kreditlar hamda texnik ko‘mak vositalari aynan shu maqsadga xizmat qiladi — ya’ni aholini tadbirkorlikka jalb etish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga.

🤝 Shu bois, barcha yurtdoshlarimizni o‘ziga biriktirilgan tomorqa va ijara yer maydonlaridan to‘liq va samarali foydalanishga, yuqori hosildorlikka erishishga hamda oilasi daromadini oshirishga chaqiramiz.Yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, oilalarimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shaylik!

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Zafar Ollakuliyev.