Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

🌱 TOMORQADAN BOSHLANADIGAN FAROVONLIK

error

2026-03-07

🌱 TOMORQADAN BOSHLANADIGAN FAROVONLIK

Davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan PQ-49-son qarori, 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoni va 2025-yil 28-martdagi VM-191-son qarori ijrosi doirasida bugun Yangibozor tumani “Bog‘olon”, Xonqa tumani “G‘ayrat”, Yangiariq tumani “Kattabog‘” hamda Bog‘ot tumani “Navbahor” mahallalarida ijara va tomorqa  yer egalari uchun serdaromad ekinlar ekishga qaratilgan amaliy seminarlar o‘tkazildi.

👥Seminarlarda tuman va shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshliqlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari, hokim yordamchilari hamda ijara va tomorqa  yer egalari ishtirok etdi.

🌾Seminar davomida:

bahorgi ekinlarni ekish ishlarini jadallashtirish;

tomorqa va ijara yer maydonlaridan samarali foydalanish;

serdaromad qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish;

“Bir mahalla – bir mahsulot” va “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyillari asosida ekin ekish tartibi yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.

Shuningdek, tajribali usta dehqonlar kartoshka ekish, agrotexnik ishlov berish, hosilni yig‘ib olish va uni uzoq muddat saqlash bo‘yicha o‘z tajribasi hamda amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

💰 Tadbir yakunida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun mavjud imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumotlar berildi.

🌿Yerga e’tiborli bo‘lgan, har qarichidan daromad oladi.