Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#seminar YER BO‘SH QOLMASIN — HAR QARICH YER DAROMADGA AYLANSIN!

error

2026-03-14

#seminar
YER BO‘SH QOLMASIN — HAR QARICH YER DAROMADGA AYLANSIN!

🌱Urganch tumani “Beruniy” mahallasida aholi tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda mutasaddilar, mahalla faollari hamda yer egalariga dehqonchilikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, hosildorlikni oshirish va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

🌾Seminar davomida tomorqa — oddiy yer maydoni emas, balki oila daromadi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydigan muhim manba ekani alohida ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiya va imtiyozlardan foydalanish yo‘llari batafsil tushuntirildi.


📊Tadbirda qayd etilganidek, viloyatda yuz minglab tomorqa egalari mavjud bo‘lib, minglab gektar yer maydonlarida bahorgi ekinlarni ekish rejalashtirilgan. Shu bois, har bir qarich yer bo‘sh qolmasligi, u oilalar farovonligiga xizmat qilishi kerakligi ta’kidlandi.


🤝Seminar yakunida mahallalarda tomorqa va ijara yerlarini to‘liq ekish, aholiga amaliy ko‘mak berish hamda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

🌱Tomorqa — mehnat qilgan odam uchun daromad manbai.

📌Bunday amaliy seminarlar esa aholiga yer bilan ishlashni yanada samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.