Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

R A S M I Y M U N O S A B A T

error

2026-04-02

R A S M I Y    M U N O S A B A T

 

Xorazm viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ijtimoiy tarmoqda "BASTION" kanalida chop etilgan “4 yil oldin oktabr oyida ishga kirganman, endi shu 4 yildan keyin otpuskaga chiqaman desam faqat noyabr oyidan boshlab chiqishing mumkin, mehnat taʼtili oʻz vaqtida berilmayapti” nomli maqolada keltirib oʻtilgan holatlar boʻyicha oʻrganish oʻtkazildi.


Oʻrganish jarayonida xodimlarga mehnat taʼtillari “Uz avto motoros” AJ Xorazm filiali ish beruvchisi va kasaba uyushma qoʻmitasi oʻrtasida kelishib tasdiqlangan taʼtillar jadvaliga muvofiq berilib kelinayotganligi, mehnat taʼtili berish ish yili doirasida amalga oshirilayotganligi maʼlum boʻldi. Xodimlar tomonidan mehnat taʼtilini taʼtillar jadvalida belgilangan muddatdan koʻchirishni soʻrab ish beruvchi nomiga murojaatlar kelib tushmagan.

  “Uz avto motoros” AJ Xorazm filiali ish beruvchisi tomonidan xodimlarga mehnat taʼtili berishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilingan boʻlib qonunbuzilish holati aniqlanmadi.