Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

🐄 Imkoniyatni ishlatgan — yutgan!

error

2026-04-27

🐄 Imkoniyatni ishlatgan — yutgan!

📍 Qo‘shko‘pir tumani, Oltin voha mahallasi.Qurbonboyev Qobul ota xonadonida chorvachilik faoliyati bugun sezilarli darajada rivojlangan. Dastlab bu yo‘nalishga qiziqish bo‘lgan bo‘lsa-da, ishni boshlashda ikkilanish va biroz qo‘rquv ham yo‘q emas edi.Hokim yordamchisi ko‘magida ajratilgan 200 million so‘mlik imtiyozli kredit esa bu oilaga ishonch berdi va faoliyatni kengaytirishga turtki bo‘ldi.

👩‍🌾 Xonadon bekasi Razzaqova Sanamjonning aytishicha, avval 4 bosh sog‘in sigir bilan kuniga 35–40 litr sut olingan. Keyinchalik yana 7 ta naslli chorva xarid qilinib, bugungi kunda kunlik sut hajmi 120–130 litrni tashkil qilmoqda.🐄 Hozirda xonadonda chorva mollari soni 45 boshga yetgan.

💬 Ushbu xonadon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, chorvachilikda to‘g‘ri yondashuv, mehnat va mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish barqaror natija beradi.