Yangiliklar
Yangiliklar
2022-10-28
Inson manfaatlarini ta`minlash uchun avvalo, odamlar va xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va ayollarga ijtimoiy, huquqiy yordam berish, kasb o'rganishiga ishtiyoqi bor bo'lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Mehnat va Bandlik munosabatlari vazirining birinchi o'rinbosari Erkin Muhitdinov ishtirokida sayyor qabul o'tkazilmoqda.
Qabul jarayonida aholini bandligini ta`minlash, mehnat qonunchiligi buzilgan holatlar yuzasidan fuqarolarni qiynayotgan savollar bilan murojaat qilib kerakli tavsiyalarni oldilar. Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, ayrim murojaatlar o'rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing