Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

O'QUV SEMINARI O'TKAZILDI

error

2023-05-23

Joriy yilning 23-may kuni Xorazm viloyati Adliya boshqarmasida  Prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali bilan hamkorlikda viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari mas’ul xodimlari, xuquqshunoslar hamda bosh buxgalterlari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi.

 

O‘quv seminarda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatini tushuntirish, kiritilgan yangi normalarning amaliyotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashida, hayotda samarali tatbiq etilishida mehnat bozori ishtirokchilari, ishchi-xodimlar, ish beruvchilar, ish izlovchilar hamda vakolatli tashkilot va idoralar mas’ullariga hujjatdagi moddalarning mazmun-mohiyatini sodda, aniq va to‘g‘ri tushuntirish maqsad qilingan.

 

 ➡️Ushbu O‘quv seminar Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan bo‘lib, Yangi tahrirdagi mehnat kodeksidagi o‘zgarishlar yuzasidan sohaga oid mutasaddilar ham taklif qilingan.

 

Jumladan, ushbu seminarda viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasidan inspeksiya boshlig'i o'rinbosari  Hamid  Sitchanov ham ishtirok etdi

 

🔴Ishdan bo‘shatish nafaqasi masalasida berilgan savolga javoban:

➡️Ishdan bo‘shatish nafaqasi masalasida ham yangilik mavjud.

Barchamizga ma’lumki, eski tahrirdagi MKning 109-moddasida “ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas” deb belgilangan.

Yangi tahrirdagi kodeksda esa bu borada muhim yangilik. Endilikda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lash tartibi 173-moddaga ko‘ra xodimning stajiga qarab to‘lanishi belgilandi.

Ya’ni, ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi  va u

 

-3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;

-3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;

-5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;

-10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;

-15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun – o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.

 Bu o‘rinda xodim ish beruvchidagi ish staji nazarda tutilmoqda, ya’ni ishdan bo‘shatilayotgan korxonada ishlagan davri hisoblanadi. Umumiy ish stajiga adashtirib yubormaslik lozim bo‘ladi- Hamid Sitchanov

 

 

 XORAZM VILOYATI  KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI MATBUOT XIZMATI