Yangiliklar
Yangiliklar
2023-05-26
Joriy yilning 25-may sanasida, Xorazm viloyati Xiva tumanidagi “Doshyoq” mahallasi madaniyat markazida O’zbekiston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirining o’rinbosari Turdiboyeva Ra’no Eshovna ishtirokida ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.
Unda viloyatimizning turli hududlaridan kelgan 26 nafar fuqarolar o’zlarining muammoli masalalari bo’yicha murojaat qildilar. Murojaatlarning aksariyati, shu joyning o’zida yechimini topdi.
Nogironligi bo’lgan 2 nafar fuqarolarga nogironlik aravachasi, 3 nafar fuqarolarga esa qo’ltiq tayoqlar berildi. Qolaversa, 5 nafar fuqarolarga davolanish uchun ,6 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun yo’llanmalar berildi.Ayrim o’rganish talab qiladigan muammolar ijrosi nazoratga olindi
Shuningdek, Xiva tumani Pirnaxos mahallasida yashovchi 1-guruh nogironligi bo‘lgan 04.04.1997. yilda tug‘ilgan Sultonov Shohruxga Elektr yuritmali kreslo-aravachasi topshirildi
Kunning ikkinchi yarmida, Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi Sherzod Berdiyev hamrohligida Xiva “Muruvvat” nogironligi bo’lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga tashrif buyurdi.
Xozirgi kunda bu yerda 325 nafar ruhiy xasta nogiron erkaklar istiqomat qiladi.Ra’no Eshovna ularning yashashi va dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar, aqliy jihatdan imkoniyati cheklangan fuqarolarning mavsumga moslab toʻliq kiyim-bosh, issiq ovqatlar bilan taʼminlanganlik darajasi va holatini o’rgandi hamda suhbat davomida o’zining tavsiyalarini berib o’tdi
Galdagi manzil: Xorazm viloyat nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi bo'ldi.Markaz faoliyati, yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar ko’zdan kechirildi.Ra’no Turdiboyeva bu yerda davolanayotgan bemorlar bilan dildan suhbatlashib, - bemorlarning ta’biri bilan aytganda
yangi bir nafas, yaxshi kayfiyat bag’ishladi.Bemorlar markaz hodimlari tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini ijobiy baholashdi