Yangiliklar
Yangiliklar
2023-06-20
Xonqa tumanidagi “Tayanch” mahallasida tuman prokuraturasi tashabbusi bilan Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo’limlar, Vazirlik tizimidagi Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazi va Xonqa kasb-hunarga o’qitish markazi hamkorligida mehnat yarmarkasi o’tkazildi
Unda 156 ta korxona, tashkilot va fermer xo‘jaliklari 786 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Yarmarkada 798 nafar ish bilan band bo'lmagan fuqarolar ishtirok etishdi. Shundan:
176 nafar fuqaroga tumandagi korxona, tashkilot va fermer xo‘jaliklariga ishga joylashishlari uchun,
51 nafariga kasb-hunarga o'qitish markazlarida o'qishlari uchun yo’llanmalar berildi.
tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan 26 nafar ishsiz fuqarolarga subsidiyalar ajratildi.
XORAZM VILOYATI KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI MATBUOT XIZMATI