Yangiliklar
Yangiliklar
2023-07-20
Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi “Qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi” band boʻlmagan, ishsiz fuqarolarni qisqa oʻquv kurslariga taklif qiladi!
Oʻqish 3-bosqichdan iborat:
1️⃣-bosqich: Rus tili, Rossiya Federatsiyasining qonunchiligi va tarixi, urf-odati,madaniyati, diniy ekstremizm, odam savdosi, sogʻlom turmush tarzi, texnik xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish qoidalari oʻrgatiladi.
2️⃣- bosqich: Mutaxassislik boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.
3️⃣- bosqich: Qurilish korxonalarida amaliyot oʻtkaziladi.
MARKAZIDA QUYIDAGI MUTAXASSISLAR TAYYORLANADI
1. betonchi (monolitchi, armaturachi, opalubkachi) – oʻqish muddati 3,5 oy.
2. gʻisht teruvchi (gʻisht terish ishlari) – oʻqish muddati 3,5 oy.
3. elektrgazpayvandchi (elektrgazpayvandlash ishlari) – oʻqish muddati 3,5 oy.
4. duradgor (duradgorlik ishlari) – oʻqish muddati – 3,5 oy.
5. suvoqchi (suvoqchilik, pardozchilik ishlari) - oʻqish muddati 3,5 oy.
6. boʻyoqchi bezakchi (qurilish-pardozlash ishlari) – oʻqish muddati 3,5 oy.
7. santexnika (santexnika jihozlarini montaj qilish ishlari) – oʻqish muddati 3,5 oy.
8. elektrmontajchi (elektr taʼminoti montaji ishlari) – oʻqish muddati 3,5 oy.
9. stropalchi (koʻtarma kran boshqaruvchisi yordamchisi) – oʻqish muddati 3,5 oy.
10. plitka qoplovchi (keramik plitka (kafel) terish ishlari) – oʻqish muddati 3,5 oy.
1. gipsokarton montajchisi – oʻqish muddati 3,5 oy.
12. kran mashinisti – oʻqish muddati 4,5 oy
13. “E” toifadagi traktorchi-mashinist – oʻqish muddati 4 oy
13. “F” toifadagi traktorchi-mashinist – oʻqish muddati 4,5 oy
➡️Tahsil oluvchilar 3 mahal issiq ovqat, amaliyot davrida maxsus kiyimlar bilan taʼminlanadilar.
Shuningdek, zarur shart-sharoitlarga ega yotoqxona ham mavjud.
oʻqishni muvaaffaqiyatli tugatganlarga xalqaro, qr kodga ega (maʼlumotlar davlat tili va ingliz tilida yoritiladi) sertifikat, hamda ikki tilda (davlat va rus tilida) yozilgan malakasini belgilovchi guvohnoma beriladi
Sertifikat olgan oʻquvchilar Rossiya Federatsiyasining qurilish tashkilotlari vakillari oʻtkazadigan tanlovlardan soʻng, obyektlarga ishga borishlari mumkin bo’ladi
Rossiya Federatsiyasiga ishga ketgan fuqarolarning ish va yashash sharoiti, mehnat qonunchiligi boʻyicha ish vaqti, ish haqini oʻz vaqtida olishlari va boshqa huquqlarining taʼminlanishi
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiyadagi vakillari tomonidan nazorat qilib turiladi.
Oʻqishga tuman(shahar) Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limlari yo’llanmasi orqali, suhbat asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, ular tomondan tasdiqlangan tabellarga asosan, eng kam oylik ish haqining 75% miqdorida stipendiya toʻlanadi.
- ariza, tuman (shahar) Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limlari yoʻllanmasi;
- pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat (asli koʻrsatiladi);
- umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar, professional yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi tegishli hujjat,ilovasi bilan (asli koʻrsatiladi);
- 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi 6 dona rangli fotosurat;
- traktorchi-mashinist qisqa kursida taxsil oluvchilar uchun sogʻligi haqida maʼlumotnoma 083-shakl.
Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Pahlovon Mahmud koʻchasi, 162-uy.
📞Telefonlar: (62) 22-8-49-22
+99897-211-36-26
XORAZM VILOYATI KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI MATBUOT XIZMATI