Yangiliklar
Yangiliklar
2023-09-25
Yangibozor tumani “Katli” mahallasi tumanning eng chekka hududi hisoblanadi.
Mahalla aholisiga shahardan kam bo‘lmagan qulayliklar yaratish maqsadida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” “Obod mahalla” mezonlari doirasida keng ko‘lamdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlashga ham e'tibor qaratilgan.Shu maqsadda bugun Yangibozor tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
✅Aholiga qulaylik yaratish maqsadadi suyultirilgan gaz balonlari xonadonlarga yetkazib berildi.Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida xonadonlardagi dudbo’ronlar ko’zdan kechirildi, ijtimoiy daftarda turuvchi xonadonlarga ko’mir tarqatildi, aholi chorva mollari yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi.