Yangiliklar
Yangiliklar
2023-09-29
Viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan tegishli idora va tashkilotlar hamkorligida Urganch shahridagi Yoshlik sport majmuasida "Yoshlar festivali " o'tkazildi.
Unda Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda uning tuman-shahar bo'limlari ishsiz fuqarolar, kasb-hunar maktablari bitiruvchilari, xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirib, qaytib kelgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlanishiga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 3334 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Yarmarkada 448 nafar ishsiz ayollar va yoshlar qatnashib, 51 nafar fuqaroga qayta kasbga o‘qish uchun yo‘llanamalar berildi.Tadbir davomida Urganch shahar “Ishga marhamat” monomarkazi tomonidan tikuvchilik yo‘nalishida o‘quv kurslarini yakunlagan 7 nafar bitiruvchilarga sertifikatlar berildi.
✅Shuningdek “Beruniy Akademiya” nodavlat ta'lim muassasasi tomonidan 4 nafar bitiruvchiga sertifikatlar topshirildi▶Jarayondan tayyorlangan reportajni tomosha qiling.Video ssilkasi videogaleriya bo’limida.
Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati