Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

MATBUOT ANJUMANI BO’LIB O’TDI

error

2023-10-06

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida 6-oktyabr kuni OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.

Bu galgi matbuot anjumani "Aholi bandligini ta'minlash-aholi turmush darajasini oshirishning muhim omili" mavzusida rejalashtirilgani bois, Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi  Aholi bandligi, ishsizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash sho'basi boshlig'i Umid Abdullayev hamda Kasbga o'qitish va milliy malaka sho'ba boshlig'i Rafael Jonibekov spiker sifatida qatnashdi.

Mutasaddi xodimlar tomonidan joriy yilning shu davriga qadar aholi bandligini ta'minlash (ishga joylashtirish va kasbga o'qitish, subsidiya ajratish orqali o'zini-o'zi band qilish) borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati