Yangiliklar
Yangiliklar
2023-11-08
Ijtimoiy tarmoqlarda “Xiva tumanida maktab bolalari dars paytida majburiy mehnatga jalb qilindimi?” sarlavhali xabar tarqaldi.
Unda Xiva tumanidagi 5-son umumiy o’rta ta’lim maktabi oʻquvchilari dars paytida majburiy mehnatga jalb qilinganligi aytilgan.
Ushbu holat Xiva tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi Davlat mehnat huquq inspektori J.Saidov tomonidan o’rganildi.Maʼlum boʻlishicha, oʻquvchilar tanaffuz paytida, tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun tuman Mudofaa ishlari boʻlimiga qachon borishlarini soʻrash maqsadida tashqarida koʻchat ekayotgan Chaqiriqqa qadar boshlangʻich taʼlim rahbari yoniga borishgan.Ustozi chuqurcha kavlayotganligini ko'rib, oʻquvchilarning ikki nafari oʻz xohishlariga koʻra, yordamlashish maqsadida har biri bittadan chuqurcha qazib, dars boshlanish vaqtida yana mashgʻulotlariga qaytishgan.
O'quvchilar ushbu chuqurchani qazishni ularga xech kim tayinlamaganligini,oʻzlari ustozi ishlab turganini koʻrib yordamlashgisi kelganini bildirishdi.
O'quvchilarning majburiy mehnatga jalb qilinganlik holati o’z tasdig’ini topmadi.
Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati