Yangiliklar
Yangiliklar
2023-11-06
Ijtimoiy tarmoqlarda “Talabalar majburiy mehnatga jalb qilinmoqda” nomli video xabar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o’tkazilgan o’rganish ishlari natijasida quyidagilar aniqlandi.
Joriy yilning 6-noyabr kuni Urganch davlat universitetining Urganch tumanida joylashgan dala tajriba maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumda koʻchat ekish yuzasidan oʻquv amaliy seminari tashkil etilgan. Seminarda universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilar, xodimlar bilan birgalikda Agronomiya, Mevachilik, Uzumchilik, Sabzavotchilik, Oʻsimliklarni himoya qilish hamda Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishlarining koʻngilli talaba-yoshlari ham ishtirok etishgan .Soha mutaxassislari koʻchat ekish usullari haqida bilim berishgan. Hech kim majburiy ravishda jalb qilinmagan.Universitet tajriba maydonida “Ustozlar bogʻi” yaratishdek xayrli tadbirda barcha ishtirokchilar oʻz tashabbuslari bilan qatnashib, koʻchat ekish jarayonlariga oʻz hissalarini qoʻshganlar.
Tarqalgan xabarda keltirilgan majburiy mehnatga jalb qilganlik holati o’z tasdig’ini topmadi
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati