Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

OAV VAKILLARI , JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN OCHIQ MULOQOT HAMDA MEDIA TUR TASHKIL ETILDI

error

2023-11-27

 OAV VAKILLARI , JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN OCHIQ MULOQOT HAMDA MEDIA TUR TASHKIL ETILDI

Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan ochiq muloqotda viloyatda mavjud 531 ta mahallalarning 490 tasida mahalla binosi mavjud ekanligi shundan, 17 tasi joriy taʼmirlashga, 47 tasi kapital taʼmirlashga, 12 tasi rekonstruksiya qilishga, 220 tasi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga muhtoj 41 ta mahallaning esa umuman binosi mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.


Samimiy ruhda oʻtgan ochiq muloqot qizgʻin bahs-munozaralarga boy boʻldi.

Ochiq muloqotdan soʻng,  Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkaziga media tur tashkil etildi.


Monomarkaz faoliyati bilan tanishish barobarida jurnalistlar monomarkaz tinglovchilari bilan ham suhbatlashdilar.

Taʼkidlab oʻtish lozim, shu kungacha monomarkazda ishsiz va band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatish yoʻnalishi  23 tani tashkil etgan boʻlsa, qiziqish bildirayotganlar koʻpligini inobatga olgan holda, yaqinda yana bir "Surdotarjimon" yoʻnalishi qoʻshildi.

Jurnalistlar va blogerlarni qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan tegishlicha javob berildi.

Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati